Toshkentdagi “Kosmonavtlar” metro bekatiga yaqin hududni quyuq tutun qopladi. Videolarda tutun yer ostidan chiqayotganini ko‘rish mumkin. Metropoliten va “HET” bunga elektr kabellaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Payshanba kuni «Yerusti halqa yo‘li» metrosining Qo‘yliq yo‘lidagi 6- va 7-bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan poyezdda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi. Bunga yo‘l chetidagi to‘sinning temirqoplamasi kuchli shamol tufayli poyezdning tok qabul qilish moslamasiga tekkani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
14 yanvar kuni kechki payt metroning Yunusobod yo‘nalishi «Turkiston» bekatida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv tutun chiqishiga olib keldi. Nosozlik bartaraf etilgan, yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish tiklangan.
Toshkentning Sergeli tumanidagi uylardan birida chiqqan yong‘in boshqa xonadonlarga ham o‘tdi. Aholi yong‘inga elektr tarmoqlaridagi muammo sababli yuzaga kelganini ma’lum qildi. FVV o‘t o‘chiruvchilar yo‘llardagi tirbandliklar va yer osti gidrantining suv bosimi past bo‘lgani yong‘inni tezlik bilan o‘chirishga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting